(862)228-65-30 | (862)228-65-34 info@khorezmarchive.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 21-11-2019, 12:32

Tadbirkorlarga uslubiy yordam

2015 yil 1 yanvardan boshlab davlat hizmatlari ko'rsatishda Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2015 yil 20 yanvardagi 5-sonli buyrugiga asosan boshqarma va uning tizimidagi viloyat va tumanlar davlat arxivlari tomonidan tadbirkorlik subektlaridan davlat boshqa organlarida va o'zga tashkilotlarda mavjud bo'lgan hujjatlari, jumladan tadbirkorlik subyekti ta'sis hujjatlarining, lisenziyalar va ruhsat beruvchi tusdagi hujjatlar nushalarining talab kilinishi taqiqlandi.

Tadbirkorlik subektlarining davlat hizmatlari ko'rsatish yuzasidan murojatlari mavjud bo'lganda ushbu davlat hizmatlarini ko'rsatishda Boshqarma va uning tizimidagi viloyat va tumanlar davlat arxivlari boshqa tashkilotlarda mavjud bo'lgan zarur arxiv ma'lumotnomalarini o'zaro axborot hamkorligi yo'li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladilar.

Boshqarma tizimidagi viloyat va tumanlar davlat arxivlari tomonidan tadbirkorlik subektlariga arhiv ma'lumotnomalari tegishli idoralar aro so'rov olingan vaqtdan boshlab o'n ish kuni mobaynida taqdim etilishi shart.

Arxiv ma'lumotnomalari Boshqarma va uning tizimidagi viloyat va tumanlar davlat arxivlari tomonidan idoralar aro so'rov bo'yicha taqdim etilmasligi yoki o'z vaqtida taqdim etilmasligi tadbirkorlik subyektiga davlat hizmati ko'rsatishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.


Tadbirkorlarga davlat hizmatlari ko'rsatish uchun zarur bo'lgan arxiv ma'lumotnomalarini taqdim etilmaganligi yoki o'z vaqtida taqdim etilmaganligi, shuningdek ularni qabul qilib olinmaganligi uchun arxivlar direktorlari javob beradilar.

newprogs.net , allfilm.net
Chiqish