(862)228-65-30 | (862)228-65-34 info@khorezmarchive.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 21-11-2019, 12:32

Arxiv muassasalari faoliyati togrisidagi axborotni olish uchun sorovlarni qabul qilish, royxatdan otkazish va qayta ishlash tartibi

Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalari faoliyati togrisidagi axborotni olish uchun sorovlarni qabul qilish, royxatdan otkazish va qayta ishlash tartibi togrisidagi yoriqnoma

Mazkur Yoriqnoma Ozbekiston Respublikasining Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 320-son Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yonaltirilgan kompleks chora-tadbirlar korish togrisidagi qaroriga muvofiq, Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi (bundan buyon matnda Boshqarma deb yuritiladi) va uning tizimidagi arxiv muassasalari faoliyati togrisidagi axborotni olish uchun sorovlarni qabul qilish, royxatdan otkazish va qayta ishlash tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalari togrisida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.
2. Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalari togrisida axborot olishga doir sorov (bundan buyon matnda sorov deb yuritiladi) axborotdan foydalanuvchining Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassalari togrisida axborot taqdim etish haqida Boshqarma va arxiv muassasalari va (yoki) ularning mansabdor shaxslariga yollanadigan ogzaki, yozma yoki elektron hujjat shaklidagi murojaatidir.
3. Axborotdan foydalanuvchi Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalariga ularning faoliyati togrisida axborot olish uchun bevosita yoxud oz vakillari orqali sorov bilan murojaat etish huquqiga ega.
4. Sorovlar Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida korsatilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
5. Yozma sorovda murojaat etuvchining elektron manzili korsatilishi mumkin. Yozma sorovda elektron manzilning korsatilganligi murojaat etuvchining sorovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bolgan roziligidir.
6. Sorovlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
7. Quyidagilar sorov hisoblanmaydi:
jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, shikoyat hamda takliflari;
taqdim etilishining oziga xos xususiyatlari boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarining faoliyatiga taalluqli bolgan axborotning ayrim turlari, shu jumladan ijtimoiy-huquqiy sorovlar va mavzuli sorovlar.
8. Axborotdan foydalanuvchi tomonidan soralgan axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qoriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi malumotlar jumlasiga kiritilgan bolsa, sorovda korsatilgan axborotni taqdim etish rad etiladi va axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.

2-bob. Sorovlarni qabul qilish
9. Axborotdan foydalanuvchi Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalariga ogzaki, yozma yoki elektron hujjat shaklida sorov bilan murojaat etishi mumkin. Bunda elektron hujjat shaklidagi sorovlar Boshqarma rasmiy veb-sayti, rasmiy elektron pochta manzillari yoki Ozbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.
10. Sorovlarni qabul qilish va royxatdan otkazilishini taminlash Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalari rahbarining buyrugi bilan belgilangan sorovlar bilan ishlovchi masul xodim tomonidan amalga oshiriladi.
11. Sorov pochta orqali kelib tushganda, sorovlar masul xodim tomonidan konvertda sorov mavjudligi tekshiriladi.
Konvertda sorovning yoki sorovda korsatilgan ilovalarning mavjud emasligi aniqlanganda, masul xodim tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri (sorov va u yuborilgan konvert bilan birga) sorovlar bilan ishlovchi masul xodimda qoladi, ikkinchisi kuzatuv xatiga ilova qilingan holda konvertda korsatilgan manzil boyicha yuboriladi.
12. Elektron hujjat shaklida sorov tushgan kunida qogozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bolgandan keyin tushgan taqdirda esa navbatdagi ish kunida qogozga bosib chiqarilishi kerak.
13. Axborotdan foydalanuvchini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan malumotlar korsatilmagan sorov anonim hisoblanadi va korib chiqilmaydi.
14. Sorov anonim deb etirof etilganda, bu haqda ijrochi (yoki ijrochilar) tomonidan xulosa tuziladi. Xulosada sorovni anonim deb etirof etish uchun asoslar korsatiladi. Sorovni anonim deb etirof etish togrisidagi xulosa masul xodim tomonidan tasdiqlanadi hamda davlat organi rahbari yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan ijrodan olinadi.
15. Avvalgi sorovlar boyicha yuborilgan javobdan norozilik bildirilgan, shuningdek agar takroriy sorov kelib tushgan paytda korib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bolsa, avvalgi sorov oz vaqtida korib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir axborotdan foydalanuvchidan kelib tushgan sorov takroriy deb hisoblanadi.
Takroriy sorovga u kelib tushgandan song navbatdagi royxat indeksi berilib, Sorovlarni royxatga olish jurnalida yoki elektron hujjat aylanish tizimida takroriy deb qayd etiladi.
16. Aynan bir axborotdan foydalanuvchining sorovi nusxasi sorov dublikati hisoblanadi. Davlat organiga sorov dublikati (nusxasi) kelib tushgan hollarda, ushbu sorovga alohida tartib raqami berilmasdan, birinchi marta royxatga olingan sorovning tartib raqami va undan song bosh harfda /D belgisi hamda sorov kelib tushgan sana bilan qayd etiladi (masalan, sorov birinchi marta 2016 yil 10 martda 10-1-25 bilan royxatga olingan bolib, sorov dublikati ham kelib tushganda, 2016 yil 10 mart, 10-1-25/D kabi royxatga olinadi).

3-bob. Sorovlarni royxatdan otkazish
17. Sorov Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalariga kelib tushgandan song, u masul xodim tomonidan Sorovlarni royxatga olish jurnaliga yoki elektron hujjat aylanish tizimiga qayd etiladi.
18. Sorovlarni royxatga olish jurnali yoki elektron hujjat aylanish tizimida sorov qabul qilingan sana, sorovning tartib raqami, sorov bilan murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi (yuridik shaxslar uchun yuridik shaxsning toliq firma nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) togrisidagi malumotlar, sorovning qisqacha mohiyati, agar sorov dublikat yoki takroriy bolsa, uning dublikat yoki takroriyligi hamda sorov ijrosi togrisidagi malumotlar korsatiladi.
19. Axborotdan foydalanuvchi oz sorovini u korib chiqilgunga qadar va korib chiqilayotgan vaqtda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega.

4-bob. Sorovlarni qayta ishlash
20. Qabul qilingan va royxatga olingan sorovlar bir ish kuni ichida Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalari rahbari yoki uning orinbosariga rezolyutsiya (sorovni ijro etish boyicha korsatma) qoyish uchun kiritiladi.
21. Rezolyutsiyada sorovni ijro etish uchun masul etib belgilangan xodim(lar)ning familiyasi, topshiriq mazmuni aks ettiriladi hamda Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalari rahbari yoki uning orinbosari tomonidan imzolanadi va sana qoyiladi.
22. Rezolyutsiya yozilganidan song, sorov sorovni ijro etish uchun masul etib belgilangan xodimga imzo qoydirgan holda topshiriladi.
23. Sorovlar Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida belgilangan tartibda va muddatlarda korib chiqiladi.
24. Sorovlar bilan ishlovchi masul xodim(lar) muntazam ravishda Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarida sorovlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, shuningdek Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalari faoliyati togrisida muntazam soraluvchi axborotlarni nashr etish hamda boshqa muhim masalalar boyicha takliflar tayyorlash maqsadida sorovlarni umumlashtirish, ularni mazmunan birlashtirish va boshqa shakllarda qayta ishlashni amalga oshiradi.

5-bob. Ogzaki sorovlarni qabul qilishni tashkillashtirish
25. Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarida rahbariyat tomonidan tasdiqlangan grafik asosida belgilangan kunlar va soatlarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.
26. Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarida axborotdan foydalanuvchilarni qabul qilish uchun moljallangan alohida xona ajratilishi mumkin.
27. Axborotdan foydalanuvchi ogzaki murojaat etayotganda, Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalari masul xodimiga ozining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini, yuridik shaxsning vakili esa, ozining shaxsini va vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarini korsatishi kerak. Bunday hujjatlarni korsatmagan axborotdan foydalanuvchilar qabul qilinmaydi.
28. Ogzaki sorov bilan murojaat qilgan axborotdan foydalanuvchini qabul qilish sorov mohiyatidan kelib chiqib, tegishli bolim boshligi (mudiri) hamda sorovlar bilan ishlovchi masul xodim ishtirokida amalga oshiriladi.
Agarda ogzaki sorov bilan murojaat etgan axborotdan foydalanuvchini qabul qilish vaqtida ushbu sorovni korib chiqish Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarining vakolat doirasiga kirmasligi aniqlansa, unga soralayotgan axborotni olish boyicha sorov bilan qaysi davlat organiga murojaat etishi mumkinligi tushuntiriladi va bu haqda Sorovlarni royxatga olish jurnaliga yoki elektron hujjat aylanish tizimiga qayd etiladi.
29. Axborotdan foydalanuvchilarning ogzaki sorovlari Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarining ishonch telefonlari orqali qabul qilinishi mumkin. Bunda sorovlar mazkur Yoriqnomada belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
30. Ogzaki sorovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi kerak.

6-bob. Sorovlarning korib chiqilishini monitoring qilish
31. Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalari rahbariyati tomonidan sorovlarni ijro etish uchun masul etib belgilangan xodim(lar) tomonidan sorovlar korib chiqilishini doimiy monitoring qiladi, zarur hollarda, sorovlarning oz vaqtida korib chiqilishini taminlash choralarini koradi.
32. Sorovlar bilan ishlovchi masul xodim sorovlarni umumlashtirib, tahlil qilib boradi.
33. Tahlil natijalari boyicha har oyda Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalari rahbariyatiga maulumot kiritadi.
Zarur hollarda, tahlil natijalari boyicha rahbariyatga Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarida sorovlar bilan ishlash tizimini va tegishli qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan, shuningdek axborotdan foydalanuvchilar tomonidan Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalari faoliyati togrisida muntazam soraluvchi axborotlarni nashr etish hamda boshqa muhim masalalar boyicha takliflar kiritadi.

7-bob. Yakuniy qoidalar
34. Mazkur Yoriqnoma talablarining buzilishida aybdor bolgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boladi.

newprogs.net , allfilm.net
Chiqish