(862)228-65-30 | (862)228-65-34 info@khorezmarchive.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 21-11-2019, 12:32

Ozbekiston arxivlarining 100 yilligi oldidan !

mamuriyat 13-09-2019, 10:39 73 Yangiliklar / Arxiv yangiliklari
Arxivlarining 100 yiligini nishonlashga tayyorgarlik korish jarayonida yana bir bor etiborga loyiq, davlat ahamiyatidagi arxiv hujjatlarini va keyingi davrlarda kelgusi 100 yillarga molik qilinayotgan yangiliklar va ozgarishlarni organib chiqib, ularni otgan davrlar bilan solishtirib ayrim malumotlar haqida yozishni maqul kordim.
Arxiv keng manoli soz hisoblanadi. U bir tomondan eski hujjatlarni, yozma va grafik yodgorliklarni saqlash, tizimlashtirish va tavsiflash bilan shugullanadigan maxsus muassasa bolsa, ikkinchi tomondan malum davrda xizmat qilib istefoga chiqgan, vaqti kelganda esa oz qadrini, katta kuchga ega bolgan bebaho hujjat ekanligini korsatuvchi xazinadir. Aslida Arxiv arxi sozidan kelib chiqib yuksak unvon, yuqori mansab, betakror sanat asarlari kabilarga qoshib aytiladigan feldir.
Uning yana bir manosi Hukumat uyi demakdir. Chunki arxivlarda hukumatlar tarixiga, insonlarning hayot-momotiga taaluqli malumotlar saqlanib kelingan.
U sizu-biz otib ketsakda, kelgusi avlodlarga bizlarning tariximizni, qilgan ishlarimizni, ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzimizni, qilgan bunyodkorliklarimizni, qolaversa noorin qilgan ishlarimizdan gapirib, ozini ozgartirib bolmas fikrlarini dalillar bilan bayon qilib beradi, chunki u hayot kozgusidir.
Tariximizni organmay, bilmay turib, yangichasiga yashashni, hayot tarzimizni ozgartirishimizni, zamonga, buyuk ajdodlarimizga mos avlodni tarbiyalashimizni amalga oshirish qiyin boladi. Shuning uchun ham Arxivga etibor yildan yilga ortib bormoqda. Davlatimiz tomonidan arxivlarga azaldan, har bir davrda oziga yarasha, imkoniyat doirasida gamxorlik qilib kelingan. Maxsus binolar ajratilgan, ish sharoiti yaratib berilgan. Arxiv hujjatlarini asrash, kelgusi avlodlarga yetkazish boyicha juda kop ishlar qilingan.
Ayniqsa mustaqilligimizdan keyin etibor juda ozgardi. Arxivlarga yangi binolar qurib berilmoqda, mutaxassislar bilan mustahkamlanib bormoqda. Arxivlarda hujjatlarni saqlashni, foydalanishni yangi usullari, jumladan elektron variantlarini qollash uchun amaliy ishlar qiinmoqda. Shu jumladan Xorazmda, keyingi yillarda shahar va tumanlarda davlat arxivlari uchun uchta yangi zamonaviy binolar qurib berildi, tegishli uskunalar, texnikalar bilan jixolandi, bu ishlarni davom qildirish yuzasidan tegishli tadbirlarni amalga oshirish kozlanmoqda.
Yangi qonun, qarorlar qabul qilinib arxiv ishini yanada takomillashtirish yolga qoyilmoqda. 2010 yil 15 iyunda Ozbekiston Respublikasining Arxiv ishi togrisidagi 252-sonli qonuni, 2012 yil 5 aprelda Arxiv ishini takomillashtirish togrisida Vazirlar Mahkamasining 101-sonli qarori qabul qilindi va arxiv ishi togrisidagi qonunni amalga oshirishga moljallangan birqancha nizom va yoriqnomalar tasdiq qilindi.
Shu kunlarda arxiv ishi boyicha yangi qonun va qarorlar loyihalari ustida ish olib borilmoqda, 100 yillik yubileyni yangi qonunlar, qarorlar qabul qilinishi bilan va jaxon arxivlarining tajribalari asosida zamon talablariga mos sharoitlar yaratilishiga, moliyaviy qollab quvvatlanishiga qarata tadbirlar tasdiqlanishi bilan kutib olsak ajab emas.
Xorazm juda qadimiy tarixga ega bolib, juda kop yozma manbalar va hamisha navqiron Xivamizdek osmon ostidagi muzey-shahar saqlanib qolgan. Tariximizni chuqur organidigan bolsak, ajdodlarimizning amalda bajargan ishlarini, hayotiy tajribalarini, boshqaruv tizimlarini organib, ozimizga tegishli xulosa chiqarib olsak yangi-yangi marralarga, bunyodgorliklarga intilishimizga katta qadam qoyilgan boladi. Shunday ham qilinmoqda, hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning olib borayotgan siyosatlari, amalda qilinayotgan bunyodkorliklar, butun halqimizni rozi qilish boyicha qilinayotgan gamxorliklar, yetuk kadrlar tayyorlashga, ayniqsa yoshlarga bolgan etibor sarhisob qilinsa, oldimizdagi necha-necha yillarni oldindan kozlab qilinayotgan ishlar ekanligini bilib olamiz.
Xiva tarixida shunday ishlar qilinganki, chet mamlakatlarda oylab ham korilmagan bir davrda yangichasiga yashashga intilingan. Masalan Xivaning tashqi, deshon qala devoridagi 10 ta darvozannig biri Qosha darvozadir, ilgari Urganch darvozasi deyilgan. Bu darvozaning qurilishi haqida chiqarilgan Asfanidyor xonning farmoniga bir nazar tashlaylik:
Otajon devonga buyurilsinkim, qalaning orqa darvozasinikim, oni Urganch darvozasi derlar, yiqib orniga ikki darvozaxona bino qilgay. Biri elning shaharga kirmaklari uchun va biri chiqmoqlari uchun, ne uchunkim, bu yol tomomi viloyat xalqining yollaridur. Xalq izdihom bilan kelganlarida bir aroba darvozadin otub ketguncha necha arobalar yoldan kanoraga chiqib matal bolib turar erdilar. Xalq shaharga duxulu xurujda bir-birlariga mazohim (zahmat, mashaqqat keltiruvchi tinchligini buzuvchi) bolmagaylar.
Bir oylab koring, avtomashina degan soz ishlatilmagan bir davrda, davlat avtoinspektorlari togrisida hayol surishga ham orin bolmagan sharoitda, xalqni qiynalmasligini kozda tutib. yollarda arobalar toqnashib ketmasligini oldini olish uchun, shaharga kirish va chiqishda vaqtni kop olmaslik uchun darvozada joylashgan bojxonani chiqish va kirishda ayrim-ayrim qilib qoyishni tashkil qilganlar.
Orta Osiyoda birinchi bolib pochta, telegraf binosi qurilgan. Bu yuzadan xon farmonlari haqida Bayoniy ozining Shajarayi Xorazmshoxiy asarida shunday deb yozadi: Yana darvozaning yovuqida yol ustida bir tiligramxona bino qilmoqni ham Otajon devonga buyurdilar, tokim, xalqning atrofdin xabar olmoqga ehtiyojlari bolgonda, betasdi (boshogriqsiz, tashvishlanmay, ovoragarchiliksiz) hojatlari ravo bolgay.
Xuddi shunday, shu davrda yagona bolgan kasalxona qurilishi haqidagi farmon haqida davom qildiradi: Oning (tilgiramxonaning) muqobilida yolning sharq tarafida bir goyatda vase dorushshifo bino qilmoqni Rahimberganga buyurdilar, tokim, viloyatlarning bemorlari dinoru diram xarj etmay roygon (tekin) sihatlik davlatin topgaylar. Nechunkim, viloyatning jaholatnishon turk tabiblari bemorlarning dinoru diramlarini olib, muhlik dorular berib, ozlarin olturub yo olmakka garib etib yuborur erdilar. Xoxlaydilarkim, xaloyiq olarning sharlaridin (yomonliklaridan, gunohlaridan) nojot topgaylar....
Xalqga ilm orgatish yuzasidan berilgan farmonlar quyidagicha bayon qilingan:
Bir vase madrasa qurishni Muhammad Amin devonga buyurdilarkim, bagoyat vusatli va bosafo madrasa bolgay. Tokim, kop mustahiq (munosib, loyiq, haqli) tolibi ilmlar ul madrasada vazifali bolib ilm tahsiliga mashgul bolgaylar.
Keyingi yillarda Prezidentimiz tomonidan qilinayotgan ishlarning kolami, cheksiz bolib, xalqimiz harbir qilinayotgan ishlardan, harbir farmonu-qarorlardan bahramand bolib, shod bolmoqdalar, shunday kunlarga yetib kelganlaridan shukrona qilib, tahsin aytmoqdalar.
Butun Ozbekiston xalqini, arxivchilarimizni arxivning 100 yillik bayrami bilan tabriklayman va omadlar yor bolsin deyman, Ozbekistonimizda tinchlik, osayishtalik barqaror bolishini, xalqimizning turmush darajasi yuksalaberishni tilab qolaman.
Kelgusi maqolalarda yanada qiziqarli tariximiz va hozirgi kun bunyodkorliklari haqida bayon qilib boramiz degan umiddaman.

Xiva tuman ShTH arxivi direktori,
mehnat faxriysi
Nodir Atajanov dle 12.0

O'xshash

Xorazm vilayat davlat arxivi va Xorazm viloyat JIB sudi tomonidan oquv seminari otkazildi.

Xorazm vilayat davlat arxivi va Xorazm viloyat JIB sudi tomonidan oquv seminari otkazildi.

30.04.19 Arxiv yangiliklari
Xiva xonligi devonxona hujjatlari fondi YuNESKOning 2016-2017 yillardagi nominatsiyasi boyicha Jahon xotirasi dasturining Xalqaro royxatiga kiritildi

2018 yilning 22 mayida Poytaxt Biznes-markazida Ozarxiv agentligi tomonidan tashkil etilgan

22.05.18 Yangiliklar / Arxiv yangiliklari
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq tolashning

14.05.18 O'zbekiston yangiliklari
Arxiv muassalari faoliyati togrisidagi foydalanilishi cheklab qoyilgan axborotlar royxati

Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassalari faoliyati

12.05.18 Ochiq ma'lumotlar
Pensiya uchun staj hisoblash tartibi ozgardi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Fuqarolarni pensiya bilan taminlash tizimini yanada

14.03.17 O'zbekiston yangiliklari

Chiqish