(862)228-65-30 | (862)228-65-34 info@khorezmarchive.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 21-11-2019, 12:32

XORAZMDA ARXIV TARIXI

mamuriyat 5-11-2019, 09:56 25 Yangiliklar / Arxiv yangiliklari

Yozuv paydo bolgan vaqtdan boshlab arxivlar paydo bolgan. Malumki, ilk yozuvlar toshlarga, oshlangan terilarga, yogochlarga, loy taxtachalarga va boshqalarga yozilgan.
Orta Osiyo, jumladan Xorazm vohasida ham davlatlar hujjatlar asosida faoliyat korsatganlar.
Xorazm hududida qadim zamonlarda arxivlarning mavjud bolganligi Tuproqqala xarobasida 1948-1950 yillarda S.P.Tolstov boshchiligida olib borilgan arxeologik qazishma ishlarida aniqlandi. Qazishmada III IV asrlarga oid xorazm tilida yozilgan 100 ga yaqin hujjatlar topilgan. Ularning 18 tasi yogochga, qolganlari oshlangan charmga yozilgan. Hujjatlarning 8 tasi yaxshi saqlangan. 100 ta hujjatdan 26 tasini olimlar oqishga muvaffaq bolganlar.

Tuproqqala arxiv hujjatlarini ikki turga bolish mumkin.
I guruh hujjatlari yogochga yozilgan bolib bular soliqga oid hujjatlardir.
II guruh teriga yozilgan bolib, asosan xojalik ishlariga oiddir. Bunda podsho xazinasiga tushgan jarimalarning nomi, miqdori hamda qayerdan kelganligi yozib qoyilgan.

1873 yilda chor Rossiyasi qoshinlarining Xivaga yurishida qatnashgan sharqshunos Kun Aleksandr Lyudvigovich xon saroyini tintuv qilish chogida 300 ga yaqin kitob (sharq qolyozmalari) va har xil hujjatlarni yigib oladi. Hujjatlar asosan xonning kirim va chiqimlari haqida malumot beruvchi materiallar, diplomatik yozishmalar va bir qancha vaqfnoma hamda mulkiy yorliqlardan iborat edi. Shu bilan birga, ushbu hujjatlar toliq emasligini va asosan hujjatlar xonlik tarixining songi davriga oid ekanligini qayd etadi.

Ayrim hujjatlar Rossiya Fanlar Akademiyasining Osiyo muzeyiga topshirish uchun tanlab olinadi, qolganini esa general fon Kaufman imperatorning Sankt-Peterburgdagi Xalq kutubxonasiga (xozirgi Saltikov-Shedrin nomidagi Xalq kutubxonasi)ga sovga qilib yuboradi.

1936-yilda ushbu kutubxonada tadqiqot ishlarini olib borayotgan sharqshunos olim Ivanov Pavel Petrovich tomonidan topib olinadi.

P.P.Ivanov 1940 yilda Xiva xonligi arxivi (1822-1862 yy) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi va ushbu mavzuda oz kitobini chop qildiradi.

XVII asrning oxiri va XIX asr boshlariga oid Xiva xonligi kanselyariyasi hujjatlarida osha davr davlat boshqaruvi, harbiy holat, fuqarolarning hayot tarzi va boshqa barcha malumotlar mavjud. Jumladan, xonning yorliqlari, xalqaro diplomatik aloqalar, xodimlarni mansabga tayinlash, oddiy fuqarolarning xonga togridan-togri murojaati, yer hosilining hisob-kitobi, soliqlar va zakot yuritilgan daftarlar, fuqarolarni royxatga olish va boshqa ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-marifiy va diniy masalalarni qamrab olgan.

2017 yilda Xiva xonligi devonxona hujjatlari fondi YuNESKOning Jahon xotirasi dasturi royhatiga kiritildi. Shu munosabat bilan 2018 yilning 22 mayida Poytaxt Biznes-markazida Ozarxiv agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Xiva xonligi devonxona hujjatlari fondi YuNESKOning 2016-2017 yillardagi nominatsiyasi boyicha Jaxon xotirasi dasturining Xalqaro royxatiga kiritilganligi munosabati bilan maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Turkiston ASS Respublikasi Markaziy ijroiya komitetining 1919 yil 5 noyabrdagi qaroriga asosan arxivlarni markazlashtirish va qayta tashkil qilish togrisida qaror qabul qiladi.

1925 yil oxirlarida Fargona va Zarafshon arxiv byurolari, 1926 yil boshida Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo arxiv byurolari tashkil topgan.

Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2019 yil 5 avgustda 08/1-220-son bilan tasdiqlangan Ozbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha chora-tadbirlar rejasi ijrosini taminlash boyicha viloyat arxiv muassasalari ham ozlarining rejalarini ishlab chiqqanlar.

Rejaga asosan Ozbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligini targib qilish boyicha xeshteglar uyushtirildi, arxiv bilan tengdosh bolgan 2-son Feruz mahallasida yashovchi Urazova Olga va Siganova Raisalarga sovgalar topshirilib, holidan xabar olindi, alohida ahamiyatga ega hujjatlar saralab olinib, Urganch Davlat Universitetida korgazma uyushtirildi.

Xorazm viloyati davlat arxivi direktori Xudaybergenov Ikram dle 12.0

O'xshash

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - ARXIV SOHASIDA

XORAZM VILOYAT DAVLAT ARXIVIDA ELEKTRON HUJJATLAR VA AXBOROT TIZIMLARI BILAN IShLASh TOGRISIDA

23.07.18 Arxiv yangiliklari
Xiva xonligi devonxona hujjatlari fondi YuNESKOning 2016-2017 yillardagi nominatsiyasi boyicha Jahon xotirasi dasturining Xalqaro royxatiga kiritildi

2018 yilning 22 mayida Poytaxt Biznes-markazida Ozarxiv agentligi tomonidan tashkil etilgan

22.05.18 Yangiliklar / Arxiv yangiliklari
Arxiv hujjatlari tarixdan darak beruvchi hujjatli manba

Tarix bu o'tmishga nazar, o'zlikni anglash, o'tmish va bugunni solishtirish orqali kelajakka

14.06.18 Arxiv yangiliklari / Foto lavhalar
Aholiga pullik xizmatlardagi imtiyozlar!

Viloyat davlat arxivi hodimlarining yigilish bayonnomasiga asosan Xorazm viloyat davlat arxivi

19.07.17 Arxiv yangiliklari
Pensiya uchun staj hisoblash tartibi ozgardi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Fuqarolarni pensiya bilan taminlash tizimini yanada

14.03.17 O'zbekiston yangiliklari

Chiqish