(862)228-65-30 | (862)228-65-34 info@khorezmarchive.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 21-05-2020, 11:58

XOTIRA VA QADRLASH KUNI

mamuriyat 7-05-2020, 10:22 52 Yangiliklar / Arxiv yangiliklari

Xorazm viloyat Xonqa tumanidagi davlat arxivlari rahbar va xodimlari 2020 yil 5 may kuni Urush qatnashchisi Qo‘shnazar ota Raximov xonadonlarida bo‘lib, holidan xabar olib, kelayotgan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayrami bilan tabriklab, sovg‘alar ulashib qaytdilar.
Qo‘shnazar ota Raximov 1920 yilda Xorazm viloyati Xonqa tumani Qoraqosh qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zining suhbatiga ko‘ra 1943 yil oxirlarida Buxoro viloyatiga olib ketilib o‘sha yerda frontga o‘quv tayyorgarlikdan o‘tkazilib Ukraina Respublikasidagi frontga olib ketilgan. Berlin shahrigacha bo‘lgan frontda ishtirok etib fashizm ustidan g‘alaba qozonilgunga qadar jang qilgan. Suhbatiga qaraganda G‘alaba qozonilgandan keyin birinchi galda 50 yoshga to‘lgan urush qatnashchilari qaytarilishi keyin oliy ma?lumotga ega injener texnolog mutaxassisligiga xamda o‘qituvchi bo‘lgan urush qatnashchilari qaytarilishi aytilganda biz qachon qaytamiz endi deb sarosimaga tushgan va shtabga borib bizni xam qaytarishingizni so‘raymiz deb murojaat qilganliklarini aytib berdi. Natijada 1945 yilning oxirlaridan frontdan qaytib kelgan. Xonqa tumani oldingi (Pravda kolxozi) keyingi Oltin sohil shirkat xo‘jalida kolxozchi, qurilish bo‘limlarida quruvchi bo‘lib ishlagan.
Qo‘shnazar ota Raximov 5 nafar farzandning (4 qiz, 1 o‘g‘il), 25 nabira, 32 ta nevaraning suyukli otasi hamda bobojonisi.
Urushda qaytib kelgandan keyin G‘alabaning yubiley 10 yillik, 20, 30, 40, 50, 60 yillik bayramlarida ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
Bugungi kunda Qo‘shnazar ota Raximov 100 yoshni qarshilab Xorazm Xonqa tumani Qoraqosh qishlog‘i Mustaqillik mahallasi Mustaqillik ko‘chasi 36-uyda istiqomat qilmoqda.
Xorazm viloyat Arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmatiñêà÷àòü dle 12.0

O'xshash

ARXIV FAXRIYSI

BOBOJONOV BEKJON

07.05.20 Arxiv yangiliklari
XOTIRA VA QADRLASH KUNI

SAMANDAR XUDAYBERGANOV

07.05.20 Arxiv yangiliklari
#G'alaba75

IKKINCHI JAXON URUSHI QATNASHCHISI OTAJONOV OTABOY BOBOJONOVICH 

06.05.20 Arxiv yangiliklari
#G'alaba75

IKKINCHI JAXON URUSHI QATNASHCHISI QALANDAR BEKCHANOV

21.04.20 Arxiv yangiliklari
9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni!

9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni!

08.05.19 Arxiv yangiliklari

Äîáàâèòü êîììåíòàðèé

Êëèêíèòå íà èçîáðàæåíèå ÷òîáû îáíîâèòü êîä, åñëè îí íåðàçáîð÷èâ

Chiqish