(862)228-65-30 | (862)228-65-34 info@khorezmarchive.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 11-02-2019, 10:55

2019 yil 1 yanvaridan so'ng eski pasportda xorijga chiqish mumkinmi?

mamuriyat 8-03-2018, 01:26 311 Yangiliklar / O'zbekiston yangiliklari
2019 yil 1 yanvaridan o'zbekistonliklar chet mamlakatlarga chiqishlari uchun xorijiy pasport olishlari talab etiladi. Xo'sh, bu vaqtga kelib, xorijiy pasport olmagan fuqaro chet elga chiqmoqchi bo'lsa qanday yo'l tutadi? KUN.UZ muxbirining shu va boshqa savollariga XPK sessiyasida oydinlik kiritildi.

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i, polkovnik Badriddin Shorisqiyev 2019 yil 1 yanvar kuni xorijga chiqmoqchi bo'lgan o'zbekistonliklar hozirgi biometrik pasportlarida muddati o'tmagan stikerlari bo'lsa, xorijga chiqishlari mumkinligini bildirdi.


Basharti 2019 yil 1-2 yanvarda xorijga chiqmoqchi bo'lgan o'zbekistonlikda yangi xorijga chiqish pasporti bo'lmasa, u hozirgi biometrik pasport bilan, muddati o'tmagan stikeri bo'lsa, O'zbekistondan chiqa oladi. Chunki, hozirgi biometrik pasportimiz ham xalqaro andozalarga to'la javob beradi, - Badriddin Shorisqiyev.

KUN.UZ muxbirining uyushmagan yoshlar iborasining huquqiy izohi bormi, degan savoliga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarma boshlig'i o'rinbosari, podpolkovnik Dilshod Akramov javob berdi.


Haqiqatdan ham ayni vaqtda uyushmagan yoshlar iborasining huquqiy izohi berilmagan. Bugungi kunda uyushmagan yoshlar masalasiga oydinlik kiritish uchun Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda maxsus elektron dastur tayyorlanmoqda.

Shundan so'ng, har bir yosh fuqaroning elektron ro'yxati shakllantiriladi. Ular ijtimoiy hayotning qaysi sohasida bandligi, tahsil olayaptimi, ishlayaptimi, belgilab boriladi. Mana shunday tahlildan keyin yoshlarning nima bilan bandligi borasida umumiy tasavvur paydo bo'ladi. Ayni vaqtda esa, uyushmagan yoshlarni kimlar tashkil qilishi mavzusi kun tartibidan olingani yo'q. Elektron dastur ishga tushirilishi bilan shu iboraga aniqlik kiritish choralarini ko'ramiz, - dedi Dilshod Akramov. dle 12.0

O'xshash

Talabalar bilan davra suhbati

Joriy yil 11 yanvar kuni Xorazm viloyat davlat arxivi direktori I.Xudaybergenov va Urganch davlat

20.01.18 Arxiv yangiliklari
Yangiariq tumanida sayyor qabul otkazildi

13.10.17 Arxiv yangiliklari
Aholiga pullik xizmatlardagi imtiyozlar!

Viloyat davlat arxivi hodimlarining yigilish bayonnomasiga asosan Xorazm viloyat davlat arxivi

19.07.17 Arxiv yangiliklari
Pensiya uchun staj hisoblash tartibi ozgardi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Fuqarolarni pensiya bilan taminlash tizimini yanada

14.03.17 O'zbekiston yangiliklari
Chorshanba Yonginlar profilaktikasi kuni

Xorazm viloyat IIB YoXB XSI va FMG bosh mutaxassisi mayor Q.Sabirov Ozbekiston Respublikasi

12.07.17 Arxiv yangiliklari

Chiqish