(862)228-65-30 | (862)228-65-34 info@khorezmarchive.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 17-09-2019, 09:39

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

mamuriyat 14-05-2018, 10:17 316 Yangiliklar / O'zbekiston yangiliklari
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq tolashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy ragbatlantirishni kuchaytirish togrisida
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatda davlat teatrlari, sirklari, muzeylari, hayvonot boglari, konsert tashkilotlari, ijodiy jamoalari, madaniy-marifiy muassasalari (keyingi orinlarda davlat madaniyat muassasalari deb yuritiladi) va davlat arxivlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etilishi madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga, milliy madaniy va manaviy merosni asrab-avaylash va kopaytirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishga, sanatni va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirishga, xalqimizning manaviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni ragbatlantirishga, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etishga imkon berdi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ozarxiv agentligi (keyingi orinlarda Ozarxiv agentligi) tomonidan Ozbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondida bolgan hujjatli madaniy meros obyektlarini hisobga olish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish yuzasidan choralar korilmoqda.

Shu bilan birga, badiiy ijodni, jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy sanatini yanada rivojlantirish, xalq tarixi va uning zamonaviy hayotining eng yorqin sahifalarini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama komaklashish boyicha belgilangan vazifalar madaniyat va arxivlar sohasidagi malakali kadrlarni ragbatlantirmasdan taminlanishi mumkin emas.

Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining ijodiy mahoratini munosib baholashni taminlashga, kasbiy darajasini hamda malakasini uzluksiz oshirishi uchun ragbatlantirish usullarini yaratishga yonaltirilgan mehnatiga haq tolash va moddiy taminotini yaxshilash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Ozarxiv agentligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining:

2018-yil 1-iyundan davlat madaniyat muassasalari artistlari, mamuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, ijodiy va boshqa xodimlarining, shuningdek, davlat arxivlari boshqaruv xodimlari va mutaxassislarining (keyingi orinlarda davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarining xodimlari) mehnat haqi miqdorlarini ortacha 45 foizga oshirish;

2018-yil 1-iyundan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining malaka toifalari va lavozimlari boyicha bazaviy lavozim maoshlarini belgilashni nazarda tutuvchi mehnatiga haq tolashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish hamda lavozim maoshlari ortasidagi tafovutni kopaytirish hisobiga kasbiy osishni ragbatlantirish;

2018-yil 1-iyundan Ozbekiston davlat sirki, hayvonot boglari, Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining kozi ojizlar uchun kutubxonalari hamda davlat arxivlari xodimlarining alohida toifalariga teatr-konsert tashkilotlarining artistlari va badiiy xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun belgilangan miqdorlarda har oyda taqdirlash puli tolanishini belgilash togrisidagi takliflari maqullansin.

2. Belgilab qoyilsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan mehnatga

haq tolashning takomillashtirilgan tizimi joriy etilishi va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli tolanishi bilan bogliq xarajatlar Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari va tegishli davlat madaniyat muassasalari hamda davlat arxivlarining byudjetdan tashqari mablaglari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:

Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq tolash boyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini;

mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oylik taqdirlash puli belgilanadigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining alohida toifalari royxatini;

Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq tolash hamda ularni moddiy ragbatlantirish tartibi togrisidagi nizomni tasdiqlasin.

4. 2018-yil 1-iyundan konsert-tomosha korsatish faoliyati bilan shugullanish uchun litsenziyaga ega bolgan, yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan, norezidentlarni) jalb etish yoli bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq tolovi stavkasi 30 foizdan 5 foizgacha pasaytirilsin.

5. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari togrisidagi

PQ3454-son qaroriga 91-ilovaning rus tilidagi matnida 4-pozitsiyasi Stavki naloga v % k nalogooblagayemoy baze ustunidagi 30 raqami 5 raqami bilan almashtirilsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Ozarxiv agentligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S.Sayfullayev va Ozarxiv agentligi bosh direktori U.B.Alamov zimmasiga yuklansin. dle 12.0

O'xshash

Xiva xonligi devonxona hujjatlari fondi YuNESKOning 2016-2017 yillardagi nominatsiyasi boyicha Jahon xotirasi dasturining Xalqaro royxatiga kiritildi

2018 yilning 22 mayida Poytaxt Biznes-markazida Ozarxiv agentligi tomonidan tashkil etilgan

22.05.18 Yangiliklar / Arxiv yangiliklari
Arxiv hujjatlari tarixdan darak beruvchi hujjatli manba

Tarix bu o'tmishga nazar, o'zlikni anglash, o'tmish va bugunni solishtirish orqali kelajakka

14.06.18 Arxiv yangiliklari / Foto lavhalar
Central Asia - 2018

2018 yil 18-20 aprel kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Alisher Navoiy nomidagi

24.05.18 Yangiliklar / Arxiv yangiliklari / Foto lavhalar
Arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2018 yil I yarim yilligiga moljallangan ochiq hayat yigilishlari rejasi

Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2018 yil I yarim yilligiga moljallangan ochiq

12.05.18 Ochiq ma'lumotlar
Chorshanba Yonginlar profilaktikasi kuni

Xorazm viloyat IIB YoXB XSI va FMG bosh mutaxassisi mayor Q.Sabirov Ozbekiston Respublikasi

12.07.17 Arxiv yangiliklari

Chiqish