(862)228-65-30 | (862)228-65-34 info@khorezmarchive.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 17-09-2019, 09:39

Shaxsga doir ma'lumotlar

mamuriyat 5-07-2019, 14:53 63 Yangiliklar / O'zbekiston yangiliklari
Jismoniy shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bolmagani holda shaxsga doir malumotlarni oshkor etish va tarqatishga yol qoyilmaydi.

Shavkat Mirziyoyev Shaxsga doir malumotlar togrisidagi qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq, shaxsga doir malumotlar jismoniy shaxsga taalluqli bolgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi.

Qonun bilan Hukumat huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir malumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Shaxsga doir malumotlar davlat boshqaruvi organlariga bepul beriladi. Shaxsga doir malumotlar bazalari davlat reyestrida royxatdan otkazilishi lozim.

Davlat shaxsga doir malumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi.

Jismoniy shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bolmagani holda shaxsga doir malumotlarni oshkor etish va tarqatishga yol qoyilmaydi.

Qonun 2019 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.

Shuningdek, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga ozgartirish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (ORQ548, 08.07.2019 y.).
Kiritilgan qoshimchalarga muvofiq, shaxsga doir malumotlarni qonunga xilof ravishda yigish, tizimlashtirish, saqlash, ozgartirish, toldirish, foydalanish, berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoq qilish:

- fuqarolarga eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan (608 ming 190 somdan) 5 baravarigacha (1 mln 13 ming 650 somgacha);

- mansabdor shaxslarga 5 baravaridan (1 mln 13 ming 650 somdan) 10 baravarigacha (2 mln 27 ming 300 somgacha) jarima solishga sabab boladi.

Mazkur huquqbuzarlik mamuriy jazo qollanilganidan song sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha (10 mln 136 ming 500 somgacha) jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Mazkur javobgarlik choralari 2019 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi. dle 12.0

O'xshash

KORRUPSIYA-MILLIY XAVFSIZLIKKA TAHDID

Korrupsiya milliy xavfsizlikka tahdid mavzusida tadbir bolib otdi

13.08.18 Arxiv yangiliklari
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - ARXIV SOHASIDA

XORAZM VILOYAT DAVLAT ARXIVIDA ELEKTRON HUJJATLAR VA AXBOROT TIZIMLARI BILAN IShLASh TOGRISIDA

23.07.18 Arxiv yangiliklari
Arxiv ishi hududiy boshqarmasi faoliyati togrisidagi elon qilinishi (chop etilishi) lozim bolgan axborot materiallari royxati

Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi faoliyati togrisidagi elon qilinishi (chop

12.05.18 Ochiq ma'lumotlar
Arxiv ishi hududiy boshqarmasi faoliyati togrisidagi axborotlar royxati

Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi faoliyati togrisidagi axborotlar royxati

12.05.18 Ochiq ma'lumotlar
Arxiv muassalari faoliyati togrisidagi foydalanilishi cheklab qoyilgan axborotlar royxati

Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassalari faoliyati

12.05.18 Ochiq ma'lumotlar

Chiqish