(862)228-65-30 | (862)228-65-34 info@khorezmarchive.uz Saytga so'ngi ma'lumot qo'shilgan sana: 17-09-2019, 09:39

Pensiya uchun staj hisoblash tartibi ozgardi

mamuriyat 14-03-2017, 00:54 383 Yangiliklar / O'zbekiston yangiliklari
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Fuqarolarni pensiya bilan taminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari doirasida ayrim qarorlarga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qaror qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bergan.

Quyidagilarga ozgartirishlar kiritilmoqda:

Moliya vazirligi qoshidagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi togrisidagi Nizomga;
Davlat pensiyalarini tayinlash va tolash tartibi togrisidagi Nizomga;
Moliya vazirligi qoshidagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga Ozbekiston Respublikasining xorijda ishlovchi, hamda ish vaqti hisobga olinmaydigan shaxslarning alohida turkumlari tomonidan sugurta tolovlarini tolash tartibiga togrisidagi Nizomga.

Bundan tashqari, qoshimchalarga kora, pensiya olish huquqini beruvchi ish stajini hisoblash shartli ravishda ikki toifaga bolinadi:

Birinchi toifa:

faoliyat turi, egalik shaklidan qatiy nazar, ishchi davlat ijtimoiy sugurtasiga ega bolgan ish, sugurta pullari Moliya vazirligi qoshidagi byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasiga tolanganda;

harbiy xizmat (jumladan SChRdagi harbiy xizmat) va partizan otryadlari hamda birlashmalarida bolish, davlat xavfsizligi idoralari va mudofaa bolimlaridagi xizmat;

harbiylashtirilgan qoriqlash, maxsus aloqa idoralari va tog-qutqaruv qismlaridagi xizmat;

individual mehnat faoliyati yoki yirik shoxli qoramolni etishtirish va shaxsiy hamda dehqon xojaliklarida ishlab chiqarilgan chorva mahsulotlarini realizatsiya qilish bilan bogliq faoliyat, sugurta pullari Moliya vazirligi qoshidagi byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasiga tolangan holatda.

Ikkinchi toifa:

I guruh nogiron yoki 16 yoshgacha bolgan nogiron bolani, 80 yoshga etgan va doimiy parvarishga muhtoj keksa insonni, keksa inson parvarishga muhtoj bolgan davrda parvarish qilish vaqti;

oliy oquv yurtlarida (jumladan harbiy bilim yurtlarida, agarda ulardagi talim harbiy xizmatga tenglashtirilgan bolsa), aspiranturada (amaliyotchi-tadqiqotchi-izlanuvchi institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutida) va klinik ordinaturada, shuningdek, xorijda talim olish;

3 yoshgacha bolgan bola parvarishi uchun tatilda bolish, biroq umumiy 3 yildan ortiq emas;

zobitlar, praporshchiklar, michmanlar va harbiy xizmatchilar rafiqalari mehnat bilan taminlanish imkoniyati mavjud bolmagan hududlarda bolgan davr, biroq 10 yildan kop emas;

diplomatik idoralar va konsullik idoralari xodimlari, TIV tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlar kvotali lavozimlariga yuborilgan ishchilar turmush ortoqlari chet elda bolgan davr, biroq 10 yildan kop emas.

Endilikda bir toifaning turli davrlari staji hisoblanayotgan fuqaroga togri kelsa, uning xohishi bilan 2 toifadan biri tanlanishi mumkin.

Agarda ikki turli toifa davrlari togri kelgan taqdirda, ish staji 1-toifa boyicha hisoblanadi. Shu tariqa, bu erda imtiyoz fuqarolarning aslidagi jismoniy mehnatiga beriladi.

Manba: kun.uz saytidan olindi. dle 12.0

O'xshash

Talabalar bilan davra suhbati

Joriy yil 11 yanvar kuni Xorazm viloyat davlat arxivi direktori I.Xudaybergenov va Urganch davlat

20.01.18 Arxiv yangiliklari
Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining kengaytirilgan direktsiya yigilishi

2017 yil 21 noyabr kuni Xorazm viloyati davlat arxivi binosida Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy

24.11.17 Arxiv yangiliklari
Boshqarma direktsiya yigilishi

2017 yil 6 oktyabr kuni Xorazm viloyat Arxiv ishi boshqarmasining navbatdan tashqari direktsiya

09.10.17 Arxiv yangiliklari
Aholiga pullik xizmatlardagi imtiyozlar!

Viloyat davlat arxivi hodimlarining yigilish bayonnomasiga asosan Xorazm viloyat davlat arxivi

19.07.17 Arxiv yangiliklari
Chorshanba Yonginlar profilaktikasi kuni

Xorazm viloyat IIB YoXB XSI va FMG bosh mutaxassisi mayor Q.Sabirov Ozbekiston Respublikasi

12.07.17 Arxiv yangiliklari

Chiqish